Tashlandiq laboratoriyadagi tajribalar - yoxud Iphone siri
Iphone deganda ko'z oldiga jinsi shim va qora vadalaska kiygan jobsni xayolidan o'tkazmay qolmaydigan inson bo'lmasa kerak. O'n uch yildirki o'sha mashhur chiqishga texnologik asrning yangi pog'onasi deb qaraladi. Hattoki endigina "touch screen" rivojlanib kelayotgan davrda odamlarda har qanday brendga nisbatan "Ayfon telefon" degan so'zni ishlatishgani ham yo'q emasdi. Keling bugun aynan shu legenda tarixidan ma'lum bir haqiqatlarni yod olsak.
Iqtisodiy jihatdan olib qaraydigan bo'lsak Iphone har qanday mahsulotni uzib ketgan qurilma hisoblanadi. Malan Sony PlayStation 382 000 000, Garri Potter kitobi 450 000 000 marotaba sotilgan. Iphoneda esa bu ko'rsatgich **milliard'**dan ortiq hisoblanadi. Shuningdek ushbu qurilma dunyo tarixida eng ko'p sotilgan va sotib olingan mahsulot sifatida rekord qo'yib kelmoqda. Aynan shu rekord sababli Nokia, HTC, Samsund, Motorola, Blackberry kabi katta kompaniyalar o'zlarining mobil qurilmalar ishlab chiqarish bo'limlarini yopishga majbur bo'lishgan. O'tgan yilning o'zida Iphone sotuvi summasi 903 milliard dollarga teng bo'lgan, bu MicroSoftning umumiy daromadidan ham ko'p degani. AppStorening bir yillik daromadi esa O'zbekistonning YAIM hajmidan ham katta degani.
Lekin o'sha davrdagi qurilmalar bilan solishtiradigan bo'lsak Iphone innovatsion yechim bo'lmagan. Birinchi versiyada videoga olish, ekran uchun alohida rasm qo'yish va hattoki biror bir ilova o'rnatish imkoni ham bo'lmagan. Agarda shunday savollarni hamma ham shu kungacha berganida biz ishonadigan tarix allaqachon boshqacha ko'rinishni boshlagan bo'lar edi. Ammo hozir ham kech emas.
Suhbat Boshidan aytib o'tay, Jobs qachondir o'zining kompaniyasi revolutsion telefon ishlab chiqarishidan bexabar bo'lgan, uning ushbu qurilma yaratilishidagi o'rni juda ham kichik.
Hammasi 2000-yillarning boshida Applening Kupertinodagi tashlandiq laboratoriyasidan boshlangan. Ushbu laboratoriyada avvallari odamlar qurilmalarni birinchi marotaba ko'rganda qanday reaksiya bildirishlari o'rganilgan. Keyinchalik Jobs Applega qayta kelganidan so'ng bu tajribadan voz kechilgan va laboratoriya maydoni bo'sh qolgan. Asta sekinlik bilan laboratoriyada turli entuziastlar yig'ishlishni boshlagan. Dizaynerlar, dasturchilar, marketologlar kelajakda o'zlarining mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni xuddi appledek yetkazish yokida Jobsga bu haqida ko'rsatish haqida bosh qotirishgan. Aniqroq aytganda ushbu laboratoriya xodimlar uchun Jobsning siquvlarida tashqarida bo'lgan yagona hududgan aylangan. Chunki Jobs kompaniyada hamma narsani boshqarishga, xodimlarning yechimlarini doim ham qabul qilmaslikka o'rgatgan edi. Klubda yig'ilganlarning ba'ri esa bu rejimga qarshilar bo'lgan.
Boshlanishida a'zolarning aniq maqsadlari namoyon bo'lmagan. Ularda shunchaki raqamli qurilmalar bilan turli tajribalar o'tkazib nimalardir yaratish istagi bo'lgan xolos. Yangi qurilma yaralishiga esa o'sha davrdagi foydalanuvchi interfeysi sabab bo'lgan. Iphone tushunchasining o'zi 97-yildan so'ng Appleda allaqachon boshlangan edi. Apple o'zining mobil telefonlarini yaratishga qadam qo'ygan edi. Hattoki iphone.org domeni ham 99-yilda ro'yxatga olingan. Lekin Applening o'zi orzu qilgan mobil telefonlarning ba'ri ochilib yopiladigan va odatiy tugmachali stilda edi. Boshqa komaniya mahsulotlari bilan katta farq qilmagan.
Klub a'zolari uchun esa maqsad paydo bo'ldi, tugmalarsiz foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish. O'sha davrdayoq sensorli displeylar hayratlanarli emas edi. 80-yillar orasidayoq ushbu texnologiya yaratilgan va ommalashgan. Lekin ularning eng katta kamchiligi barchasi resistorli ekanligida. Resistorli sensonlarni tanishingiz oson, yumshoq ekran ustiga qattiq bosiladiganda (ko'p hollarda stilus bilan), ikki plyonka orasida elektron harakati qarshilik asosida yuzaga keladi. Ushbu qarshilikga asoslanib matritsa effekti orqali ekran kordinatalari aniqlanadi. Ammo bu bir vaqtda eng rasvo texnologiya bo'lgan. Chunki ular juda noqulay, har doim ham bosilganda kerakli nuqta aniqlanmaydi va bir vaqtda bir nechta bosishlar imkoni yo'q edi.
Analog sifatida sig'imli ekran bor edi. Bunda ekranni bosish shart emas barmoq tekkizish kifoya, aniq va sifatli ishlaydi, inson tanasidagi o'tkazuvchanlikning o'zi yetarli bo'lgan. Hozirda bunday ekranlarga birov hayratlanmasa kerak, lekin o'sha davrda bunday ekranlar aslida mavjud bo'lmagan. Faqatgina istisno tariqasida "FingerWorks" nomi bilan endigina rivojlanishni boshlagan kichik startap bor edi. FingerWorks kompyuterlar uchun ishlashni qulaylashtiruvchi kichik qurilma ishlab chiqqan, buni hozirgi noutbuklar touch paneli misolida ko'rishingiz mumkin. Ushbu qurilmada sahifalash, obyektlar bo'yicha harakatlanish, prokrutka qilish kabi vazifalar bajarilgan. Albatta hozirgidek oson emas, katta qo'llanma asosida o'rganilgan bularning ba'ri.
Klub a'zolari tayyor narsalardan foydalanishni maqul ko'rishgan. Ular ham FingerWorks gadjetidan sotib olishgan, gadjetni esa stol ustiga qo'yib uning ustida oq qog'oz joylashtirishgan. Stol ustiga Mac kompyuteriga ulangan proyektor sensordagi oq qog'ozga qarata moslangan. Bu orqali panel ustida kompyuter ishchi stolining suratini ko'rishgan. A'zolardan biri bo'lgan Josh Strikon ismli dasturchi-muhandis panel va kompyuter orasidagi qo'l harakatlarini aniqlovchi dasturni yozib chiqqan.
Bas Ording va Imran Chaudri ismli yigitlar esa tunu kun foydalanish interfeysi haqida bosh qotirishgan. Asosiy maqsad buyerda faqatgina sensor paneli orqali boshqarish mumkin bo'lgan interfeysni ishlab chiqish edi. Bas kod yozish, Imran esa dizayn bilan shug'ullangan.
Qilinayotgan ishlar g'oya va tajriba ko'rinishdan muhim bir maqsadga o'tishni boshladi. Klubdagilar bu haqida Jobsni ham xabardor qilish harakatini boshladilar. Albatta bu osonlikcha kechmas edi. Chunki Jobs bunday yashirin laboratoriya haqida bilsa birinchi navbatdayot uni yopish fikrini bildirishi, klubdagilar esa Jobsga qarshi kurarshishlari uchun pichoqga ilinadigan narsa ko'rsatishlari zarur edi.
Ular Apllening dizaynerlik dahosi Jonni Ayvga ko'rsatishni maqul deb bilishdi. Albatta uning mahorati oldida barcha bosh egar edi. Jonni tajriba haqida 2003-yilning o'rtalarida Jobsni xabardor qilishni maqul ko'rdi va uning shaxsan o'zini tashlandiq laboratoriyadagi yashirin loyihani ko'rishga taklif qildi.
Bu taklifdan Jobs hayratga tushdi va klub a'zolarini qo'llab quvvatladi deb o'ylaysizmi? Albatta yo'q. U har doimgidek o'zining tushunarsiz fe'li bilan jamoadan qandaydir tajriba namunasi emas ishlab chiqarish uchun tayyor mahsulot ko'rsatishlarini so'raydi. Lekin ma'lum muddat o'tgach Jobs o'z qarorini o'zgartirdi, multi touchli sensorning keyingi imkoniyatlari haqida ham o'ylab ko'rdi va tajribalarga ruxsat berdi. Hattoki jamoa uchun ko'proq resurslar ajratishga ham ruxsat berdi. Tashlandiq laboratoriyaga kompaniya ichida qiziqishlar ko'paydi. Apple boshlang'ich holatda ushbu tajribadan telefon emas balkim mobil planshet ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Shu sababli loyihaga Q79 kodi orqali nom berildi. Ammo tajribalar mukammal izolatsiya qilish holatida kechardi. Yangi rejalashtirilgan qurilma ustida radikalliklar ham dunyoga kelishni boshladi. Kelajakda turli nyuxanslar vujudga kelmasligi uchun hattoki Jobsni o'zi bu texnologiya haqida to'liq tushunchaga ega bo'lmasada multi touch texnologiyasini Stiv Jobs ixtiro qilgani, bu g'oya shaxsan uni miyyasida dunyoga kelgani o'qitilishni boshlandi.
Ko'plab katta kompaniyalarda bu normal holat sanaladi. Biz tarixda bilgan hamma olimlar va ishlab chiqaruvchilar ham daho emas aslida. Ko'plab ixtirolar ularning qo'l ostilarida ishlovchilar tomonidan qilinadi va ommaga asosiy bir bosh qahramon nomi bilan e'lon qilinadi. Apple ham bundan mustasno bo'lmagan. Xodimlar tomonidan har qanday ixtirolar Jobs g'oyasi sanalgan va bunga hech kim qarshilik ko'rsatmagan. Sen Appleda muhandismisan demak sening obroying Jobs orqali degan tushuncha bo'lgan.
Tajriba bilan ko'proq shug'ullangan sari savollar ham ko'payib bordi. Muammolar ham yo'q emas edi. Asosiy muammolardan biri sensorli panelni shaffof oyna asosida planshetga o'girish bo'lgan. FingerWorks panellari esa shaffof bo'lmagan. Bunga asosiy sabablardan biri panelning ustgi qismida 5x5mm o'lchamga chiplar va bu chiplar o'z ichida yanada maydaroq o'tkazuvchilarni olgani edi.
Bu muammoni hal qilish sensorlar dahosi bo'lgan Josh Strikonga topshirildi. Josh touch sensorlar haqidagi manbaalarni o'qishni boshladi. Tasodifan esa Sonyning Smart Skin loyihasi haqida o'qib qoldi. Sony ushbu tajriba haqida manbaada batafsil ma'lumot ham bergan edi. Bunga asosan yuza ustida tegishishga reaksiya bildiradigan matritsa qurish keltirilgandi. Josh ushbu ma'lumotdan foydalanib kichik bir doska ustida misli o'tkazgichla va oynadan foydalanib sensor ishlab chiqishga harakat qiladi. Tajriba ish berdi.
Odatda bunday masalalar katta kompaniyalar oldida yuridik muammolarni yuzaga keltirar edi. Chunki mualliflik huquqi va undan foydalanish shartlari yo'q emas. Josh esa bunday narsalarga e'tibor qilmagan holda tajribalarni davom ettirdi. Hattoki kichikroq prototip qilib qo'l harakatiga moyil ovoz sintezatori ham yasadi. Ular bundan kompyuterlar va planshetlarda foydalanishni ko'zda tutishgan edi. Mobil telefonlar erasi hali boshlanmagani sabab buni telefon ustida qo'llash birovning xayoliga ham kelmagan.
Jobs masalani hal qilish uchun Broadcom kompaniyasiga sensonsordagi harakatlarni aniqlashtiradigan chip ishlab chiqishni buyurtma qiladi. Bu albatta arzon ish emas. Million dollarlik buyurtma va bir qancha vaqt degani. Aniqroq aytgancha Broadcom bu uchun o'rtacha 8 oy vaqt sarflashi kerak edi.
Klub a'zolari esa bu orada g'oyalari ustida chuqurroq ishlashni boshlashdi. 50dan ortiq planshet prototiplari yaratildi. Ko'p prototiplar asosiy tizimga kabel orqali ulangan, simsiz variantlar esa rasvo darajada edi. Hattoki quvvati bir necha daqiqaga ham yetib bormagan prototiplar yo'q emasdi.
Bunga asosiy sabablardan biri kompaniya ichidagi ma'lum bir rasvogarchiliklar edi. Jobs ushbu loyiha yashirin kechishini istagandi. Shu sababli ham jamoadagilar tashqi muhit bilan ko'p ham aloqa o'rnatmas edi. O'z navbatida esa bu ishlab chiqish jarayoniga to'sqinlik qilardi. Jamoa tarkibi yosh muhandislardan tashkil topgan, tajribali muhandislardan esa so'rash imkoni yo'q edi. Kunlardan bir kun, Appleda tasodifan turli jamoalar ishlari uchun sovrinlar ulashish boshlandi. Falon jamoa eng yaxshi ishlab chiqarish uchun, boshqasi dizaynerlik mahorati. Shunda Applening sotuv menejeri tomonidan Q79 jamoasi ham eng yaxshi innovatsiya uchun deb barcha oldida taqdirlandi. Lekin ularning ishlari va o'zlari haqida hech-kimda ma'lumot yo'q edi. Absurdliklar esa shu darajagacha yetib borgandi.
Eng dahshatlisi esa planshet deyilgani bilan ushbu qurilmadan qanday maqsadda foydalanish, qaysi operatsion tizimga moslash masalalari ko'ndalang qo'yilmagan edi. Texnologiyaning amaliyotga o'tkaziladigan narxi esa juda qimmatga tushadi. Jobs esa keyinchalik bunday narsani sotib bo'lmasligini ta'kidlardi. Jamoa uchun esa bu haqiqy xaosning o'zi bo'lgan.
2004-yilda Jobsda saraton kasalligi aniqlangach bir necha oy kompaniyaga kelmadi. Bu orada esa Q79 jamoasi kelajak uchun ishonchsiz qolishdi. Ammo Jobs qaytgach tasodifan innovatsion telefon yatamiz degan fikri hammasini o'zgartirdi.
Boshlanishida Appleda ikki xil nomga ega mahsulot rejalashtirilgan Purple-2 va M68 modellari. Har ikki model ham Jobs g'oyasi bo'lmagan. Lekin Jobs bilan kelishingan holda qilingan.
Keyinchalik Apple planshet ishlab chiqish masalasidan voz kechadi va asosiy e'tiborini o'zlarida mavjud multi touch texnologiyasi bilan davom ettirishni boshlaydi. Ammo oldinda katta bir muammo bor. Multi touch'ni Aplle ishlab chiqmagan. Mualliflik huquqi bo'yicha bu ularga muammo keltirar edi.
Apple muammoga boshqacha yondashdi. Aslida FingerWorks shaffof sensonlar yaratmagan bo'lmasada keyinchalik ehtimoliy muammolardan qo'rqishdi. Shu sababli Apple 2005-yilda ushbu startapni to'liq sotib oldi. Qo'shimcha sifatida undagi xodimlarni Applega ishga olish taklifi ham berildi. Bu orqali esa kompaniya FingerWorks texnogiyasi va undagi patentlarni qo'lgan kiritdi. Eng asosiysi esa bozordagi barcha mavjud mahsulotlarni yo'qotdi.
Jamoaga FingerWorks asoschisi Vey Vesterman ham qo'shildi. Jobs esa o'z navbatida keyingi yilga Iphonening ilk nusxasini taqdimot qilishni xohlab qoldi.
Q79 jamoasida ko'plab yangi xodimlar taklif etildi. Yangi a'zolar albatta kompaniyaning mavjud xodimlaridan tanlab olingan. Lekin asosiy loyihaning yashirin ekanligi sababli bir necha yil jamoa bilan birgalikda umumiy yashashga majbur qilingan. Hattoki buning ortida bir necha muhandislar oilasida ajrashishlar ham yuzaga kelgan. Asosiysi bularning ba'ri bir jihatdan Apple muvaffaqiyati uchun ishlagan.
Iphoneni ishlab chiqish jarayonida xodimlar tomonidan tayyorlargan prototipdan nusxa
Iphonening yaralishi uchun asos sifatida Ipod xizmat qilgan. Soddaroq aytganda iphone bu ipodning aloqa modem qo'shilgan versiyasi edi. Kompaniyaning esa bu borada tajribasi bor edi. iPod tarixidan xabardorlar biladiki 2004-yilda Apple tomonidan iPod shuffle modeliga asoslanib Motorola bilan hamkorlikda Itunes phone ishlab chiqilgan.
Bu esa Jobsga qo'shimcha og'alar bilan tanishish imkonini bergan edi. Jobs hattoki yuqoridagi modelni ishlab chiqish uchun 2003-yilda motorolani to'laqonli sotib olish rejasini ham qilgan. Lekin kompaniya juda ham qimmatligi sababli ushbu fikrdan voz kechgan. Buning evaziga Jobsda bu tajriba ortidan Cingular wireless kompaniyasi bilan tanishish imkoni bo'lgan. Ushbu davrda Jobs Cingular wireless, AT&T va Motorola kabi kompaniyalarda mobil qurilma qanday ishlashi va ishlab chiqilishi haqida ko'plab ma'lumotlarni olgan. Jobsda hattoki Apple uchun alohida diapazon sotib olish va Applening o'zi mobil operator sifatida xizmat ko'rsatishi g'oyasi ham kelgan, faqatgina Cingular Wireless bunga rad javobini qaytargan.
Boshlang'ich variantlarda Iphoneni shunchaki Ipod ustiga qurish taklifi kiritilgan. Chunki o'sha vaqtda iPod apple uchun juda katta muvaffaqiyat keltirgan edi. iPod bozori ham yaxshigina rivojlangan bo'lgan.
iPod ustida qurish masalasini birgina Iphonening birinchi taqdimotidagi ushbu suratdan ham bilishingiz mumkin. Jobs o'sha vaqtda iphonening ko'rinishi taxminan shunday deb sarkazm qilgan bo'lsada aslida bu tarixdagi haqiqat edi. Apple tomonidan relizga chiqarilmagan va haqiqatda mavjud bo'lgan shunday qurilma qilingan edi va bu qurilma 2000 nusxada ishlab chiqilgan ham. Faqatgina keyinchalik foydalanuvchi tajribasi sabab ushbu versiyadan voz kechilgan. Chunki iPodni boshqarish uchun qilingan aylana halqa telefon orqali raqamlarni terish va xabarlar yozish uchun noqulay edi. Bu Appledan o'rta asrlar texnologiyasi taqdim etishga o'xshardi.
Jobs boshlang'ich holatlarda Iphonening faqatgina tezroq bitishini istagan. Shu sababli keyinchalik ishlab chiqarishdagi jamoa ikkiga bo'lingan. Ya'ni sensorli panelga asoslangan Q79 jamoasi (Purple-2) va Ipodga asoslangan muhandislar (Purple-1). Yuqoridagi rasmdagi qurilma qayerdan kelib chiqqanini endi payqagandirsiz.
Bunday muvaffaqiyatsizlikdan so'ng ikki jamoa qayta birlashishdi. Endigi asosiy masala ARM asosida ishlaydigan mikrokompyuter yaratish edi. Purple-1 jamoasi bu ishni ARM bilan allaqachon ishlay oladigan Linux asosida qilishni maqul deb bilishar edi. Jobs bo'lsa Linux emas balkim iPoddagi mavjud strukturani talab qilardi. Shu sababli Macosning to'laqonli arm uchun mos versiyasini ishlab chiqish kerak edi. Albatta umumiy jamoa uchun bu muammo emas edi. Chunki ular MacOS kodlari bilan to'laqonli tanish edilar.
Eng asosiysi esa ushbu jamoalarning har qanday tilaklari amalga oshirilar edi. Bu Appleda birinchi marotaba yuz bergan voqealik. Ulardan resurs tejalmagan o'sha vaqtda.
Loyihaning umumiy irarxiyasiga qaraydigan bo'lsak: Birinchi navbatda korporatsiya rahbari sifatida Stiv Jobs, Dasturiy ta'minot qism uchun Skot Forstal, Richard Uiliyam tarmoq qismi safari va internet uchun javobgar, Nitin Ganatra esa pochta, qo'ng'iroqlar masalasida ishlagan. Shuningdek Q79 uchun avvaldan ko'z quloq bo'lgan Greg Kristi va g'oya egalari Bas Ording, Imran Chaudri, Stiven Lemey, Marsel Van Os, Fredi Anzur, Mayk Matas foydalanuvchi qismlariga biriktirilgan. Jamoadagi yangona ayol Kim Vorat esa mahsulot ishlab chiqish texnologiyasi bilan mashg'ul bo'lgan.
Imran Chaudri o'zining otasiga tushunarli bo'lgan interfeysni yaratadi va bu boshqalarga ham maqul keladi. G'oyaning asosiy modeli oddiygina kengaytirilgan taxtaga tushunarli va sodda ikonalarni to'ldirish bo'lgan. Ya'ni bu hozirda barcha ko'rib turgan Iphone interfeysining birinchi qadami edi.
Iphonening bugungacha boshqa qurilmalardan asosiy farqi ikkita hisoblanadi. Birinchisi multi touch, ikkinchisi core animation. Core animation foydalanuvchi interfeysini tushunarli bo'lishi uchun xizmat qilgan. Masalan Safari brauzerida sahifa yakuniga kelganida xuddiki jelatindek cho'zilishi, ilovalar ikonalarini boshqa yerga ko'chirish rejimiga o'tilganda ularning tebranishi. Qiziq tomoni esa hozirgacha core animationni to'laqonli tarzda boshqa hech bir kompaniya takrorlay olmagan. Hattoki googlening androidida ham bu juda katta resurs asosida ishlaydi. Iphoneda esa birinchi versiyasining o'zidayoq bu muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Mobil telefonning birinchi versiyasida qulfdan ochish (разблокировка) qismi bo'lmagan. Shunchaki home tugmasini bosishning o'zi kifoya bo'lgan. Ammo buning o'ziga yarasha noqulayliklari bor edi. Cho'ntakdagi qurilmaning home tugmasi bosilib ketishi va tanadagi impulslarga sensor reaksiya bildirishi oqibatida tasodifiy qo'ng'iroqlar yoki boshqa holatlar kuzatilardi. Qulfdan ochish qismining yaratilish tarixi ham aslini olsa Apple dizaynerlarining mahorati hisoblanadi.
Dizayner va dasturchilar avvaliga qulfdan ochishning turli metodlarini qo'llashgan, ikkita barmoq bilan sensorga bosish, qulf ikonasini aylantirish kabi harakatlar amalga oshirilgan. Toki jamoadagi dizayner Fredi Anzur San-fransiskodan Nyu-Yorkga samolyotda uchmagunigacha hamma g'oyalar axmoqona bo'lavergan. Fredi samolyot hojatxonasidan foydalanganda eshikni yopish va ochish uchun ishlatiladigan zulfindan ilhom oladi. Bu ekran qulfini ochish uchun aynan kerakli versiya edi. Jamoa bu yoqdi albatta. Chaudri shunday versiyani ishlab chiqqach o'zining qiziga ushbu mexanizmni topshiradi, yosh qizaloq esa bundan hech qanday qo'llanmasiz foydala oladi.
Aslini olsa iPhonening ilk versiyalari ios 7.0 ishlab chiqilguniga qadar to'laqonli skelomorfizmga asoslangan edi. Ya'ni qurilmadagi obyektlar real hayotdagidan farq qilmaydigan ko'rinishda bo'ladi. Telefon dasturi trubka ko'rinishida, youtube ilovasi televizor, pochta uchun esa konvert rasmi. Buning ba'ri foydalanuvchilarga hech qanday qo'llanmasiz qurilmani sotish imkonini beragan.
Tarmoq masalasi: iPhone bu uchta qurilmani o'zida birlashtirgan mikrokompyuter modeli edi. iPod, telefon va internet.
Internet masalasi o'sha davrlarda mobil qurilmalar uchun wap protokoli orqali yuritilgan. Bunga ko'ra mobil brauzerga maxsus servis orqali asosiy saytdagi trafiklar siqilgan holda uzatilgan. Bundagi asosiy maqsad foydalanuvchilardagi xarajatni tejash bo'lgan. Apple esa bunday turdagi tarmoqni bolalar o'yinchog'i deb atagan. Jobs iphone uchun to'laqonli internet ta'minoti bo'lishini istagan. O'sha davr uchun bu oddiy holat emas edi. Muammoni yechish uchun Verizon va Cingula Wireless operatorlari bilan ko'plab tortishuvlar ham bo'lgan. 2006-yilga kelib esa AT&T apple uchun alohida kanal berishga rozi bo'lgan. Tarixning ushbu sanasigacha biror operator bunday ishni amalga oshirmagan edi. Qaysidir jihatdan Apple bugungi to'liq ta'minlangan mobil internet erasini ham boshlab bergandi.
Iphone erasiga qadar mobil tarmoq boshqa bir ko'rinishda bo'lgan. Mobil operatorlar sms paketlar va turli melodiyalar ortidan kun ko'rgan. Iphone uchun esa doimiy tarmoq kerak edi. Ya'ni iMessage kabi servislar bildirishnoma yuborishi uchun doimiy internet tarmog'iga ulanish talab etilgan. Sms paketlardan kechish har qanday operatorlar uchun muammoli vaziyat bo'lgan. Lekin AT&T bu uchun tavakkal qilib ko'rdi. Evaziga esa iPhone uchun yagona operator bo'lish taklifini oldi. Ammo kelajakda bu uzoqga cho'zilmagan. Jorj Xots ismli xaker iPhonening birinchi versiyasidagi tarmoq kodini ochib kirib intalgan operator bilan ishlashga moslagach Apple aksiyalari tushib ketadi. Kelajak uchun yagona yechim esa universal tarmoqdan foydalanish edi. Aynan Jorj Xots sabab bugungi kunda iphonega istalgan simkarta qo'yib foydalana olamiz.
2006-yilining sentabr oyiga kelib yana bir muammo yuzaga keldi. Jobs taqdimotga 4 oy qolganda Iphone sensorlarini shaffof plastik emas balkim oynadan qilishni xohlab qoldi. Plastik odatda tez zarar ko'radi, oyna esa ancha ishonchli. Oyna masalasi yanada kattaroq muammo edi. Chunki 2006-yilgacha hech qaysi ekran ustida oynadan foydalanilmagan. Raqobatchilarda faqatgina plastik plyonkali variant bor edi xolos.
Apple avvaliga oyna ishlab chiqish masalasini o'zlarining korpuslar bo'limida amalga oshirib ko'radi. Lekin ba'ri befoyda kechadi.Tasodifan Jobsning yaqin do'sti Vendel Uiks ismli shaxs haqida aytib qoladi. Vendel, 150-yildan ko'proq faoliyat yuritgan Corning kompaniyasining rahbari edi. Corning kompaniyasi asosan teleskoplar uchun turli optik qismlarni ishlab chiqargan. Shuningdek ma'lumot sifatida aytib o'tish kerakki optik tolaning otasi ham aynan shular hisoblanadi.
Vendel bilan Jobs uchrashuvi omadli kechdi. Jobsning "- oyna qanday tayyorlanadi?" degan savoliga Vendel chizmalar va turli metodlar bilan erinmasdan Jobsga jarayonni tushuntirib beradi. Jobs esa Corning uchun katta hajmdagi oyna ishlab chiqarishni buyurtma qildi. Avvaliga kompaniya bunga rozi bo'lmagan. Chunki Jobs so'raga hajmdagi ishlab chiqarishga ularda imkon bo'lmagan. Apple tomonidan yozib berilgan katta summasi chek esa Vendel uchun yana bir bora o'ylab ko'rish imkonini berdi. Aynan shu kelishuvdan so'ng Corning multimilliardli kompaniyalardan biriga aylangan. Aplledan tashqari boshqa ko'plab mobil sanoat egalari ham aynan corningga murojaat qilishadi.
Klaviatura masalasi, o'sha davr uchun bu haqiqiy innovatsiya edi. Chunki iPhoneda fizik klaviatura mavjud emas. Virtual klaviatura uchun esa ekran kichiklik qilgan. Avvaliga akkordli klaviaturalar ham injinerlar tomonidan taklif etilgan. Lekin bu uchun odamlarni alohida o'qitishga to'g'ri kelardi. Bu masala uchun keyinchalik dizaynerlar tomonidan yaxshigina yechim berildi. QWERTY klaviaturasidagi har bir element bosilganda harakat amalga oshirgan qism kattaroq hajmda ko'rinadi, bu esa o'z navbatida yozish vaqtidagi xatoliklar oldini oladi.
Qurilmaning o'zi uchun o'ylangan dizayn. Qurilma uchun oyna masalasi hal, sensor muammosiga yechim topilgan, hattoki virtual klaviatura ham bor. Ammo iphoneni o'zi yakuniy qanday ko'rinishda bo'lishi haqida hech kim bosh qotirmagan.
Appleda qoralama sifatida ikkita versiya mavjud edi.
Birinchisi Iphone Extrudo, ABSga asoslangan korpus. Lekin ushbu dizaynning eng katta noqulayligi metal ekanligi. Ya'ni to'liq metal korpus har qanday signallarni blokirovga qilardi.
Iphone sendvich bu esa juda xunuq versiya edi.
Davraga odatdagidek Jonni Ayva keldi. Uning chizmasi yuqorida ikki versiyadan ko'ra yaxshiroq edi.
Lekin bu versiyada ham keyinchalik turli muammolar kelib chiqqan. Qurilma qalin bo'lmasligi uchun kichikroq akkumlyator qo'yishga to'g'ri kelardi. Amaliyotda esa internet orqali ish jarayonida iphone quvvati 1 soatga ham bormaslik holatlari kuzatilgandi.
Shu o'rinda eng dahashatli qismlariga ham o'tsak. Taqdimotdan yarim yil avval iphone uchun markaziy protsessor tanlanmagan edi. Tassavvur qilyapsizmi? Deyarli barcha qismi tayyor qurilmaga, uni boshqarishi kerak bo'lgan miyya tanlanmagan. Bu masala uchun iPod uchun chiplarni tayyorlab bergan Samsung yana yordamga keldi. Samsung uchun apple yog'li mijoz edi va aynan o'sha davrda ular tomonidan tvtyunerlar uchun ishlab chiqilgan ARM 11 (SAMSUNG S5l8900) mikrochipi bor edi. Odatda mikrochip ishlab chiqish ikki yilgacha vaqt oladigan bo'lsa, apple uchun samsung taklifi yaxshigina yechim edi.
Taqdimot masalasiga kelsak. Menimcha bu haqiqatlarni kamchilik biladi. Taqdimotga bir necha kun qolganda ham Iphone 1 muammolari hal qilinmagan edi. Muhandislar esa oxirgi kunlarda yagona kamchiliklarsiz nusxani yaratish masalasiga kelishish. Bu aynan o'sha Jobs taqdimotda ko'rsatgan nuxsa edi. Taqdimotning o'zi ham katta cheklovlar bilan o'tkazilgan. Iphone haqida hech qanday ma'lumotlar oldindan berilmagan, bannerlarda chiqarilmagan. Jobs tashqi muhitdan barcha-barchasini izolyatsiya qilgan. Uning asosiy maqsadi taqdimot kuni atom reaktorini ishga tushirish edi. Bu albatta Apple uchun ish berdi. Butun dunyo chala holatdagi qurilmaga ishondi.
Taqdimotga FingerWorks asoschisi Vesterman taklif ham etilmadi. Jobs multi touchni Apple yaratgan degan tushunchani olg'a surdi. Sahna oldida esa Jobs, Tony Fadel raqamini kontaktlar ro'yxatida o'chirdi. Taqdimotga tayyorgarlikda esa boshqa kontakt o'chirilib kelingandi. Bu albatta Jobs tomonidan iPod otasining Appledagi yakuni va yangi ichki siyosiy qarashlar uchun bergan signal edi.
Keyinchalik tashlandiq laboratoriyadagi ko'plar ham ishdan olib tashlangan. Bularning ba'ri Apple uchun katta foyda keltirdi. Yangi industriya yaraldi. Mobil era o'zgacha tus oldi.
Eng asosiysi esa haqiqatlar qurilma kabi ochilmaydigan daftarga yozildi. Dunyo iPhoneni Stiv Jobs yaratgan degan xulosaga keldi...