Biz va Dasturchilar Jamiyati
Habarlaringiz bor, Uzinfocom tashabbusi bilan "Open Source" departamentiga asos solindi va ushbu departament o’zbek dasturchilar jamiyati miqyosida, "Open Source" an’ana va tuzumlarga shakl berish, hamda shu maromda rivojlantirish uchun yaralgan edi. Hozirga qadar, Uzinfocom Open Source qariyb, 2 ta open source loyiha uchun mas’ul va muntazam ravishda hamjamiyatlar orasida yordam ko’rsatib kelishmoqda.
Shu bilan birgalikda, o’zbek dasturchilar jamiyatida boshqa Open Source rivojlantirishga yo’naltirilgan "Floss O’zbekiston", ya’ni "Free Libre Open Source Software of Uzbekistan" tashkiloti ham mavjud. Ushbu hamjamiyat Uzinfocom Open Source bilan xoh undagi a’zolar-u, xoh intilinayotgan maqsadlar taraflama bir biriga o’xshash. Shu sababdan, rivojlantirish bosqichlaridagi mashaqqat va qiyinchiliklar yanada osonroq kechib o’tish maqsadida, Uzinfocom Open Source departamenti nomidan, Floss O’zbekiston hamjamiyatiga a’zo bo’lishga qaror qildik, va bu orqali, Floss O’zbekistonda kechayotgan standartizatsiya bosqichlarida qatnashish imtiyozlariga ega bo’lish orqali o’zbek dasturchilar hamjamiyati rivojiga hissa qo’shmoqchimiz.
Biz, qilgan qarorlarimiz bilan faxrlanamiz, va buni yanada yorqin tarzda aks ettirish maqsadida, o’zimiz departamentimizning ichki siyosati va tuzumlarini butun jamiyatimizga ochiqladik. Unda bizning departamentimiz ichki tuzilishi va bosqichlar qanday kechishi sabablari bilan birga aks ettirilgan. Asl nusxalar bizning GitHub sahifamizdagi .github-private repozitoriyada joylashgan bo’lib, bugundan hamma o’zgarish va nusxalanishlar muntazam ravishda CI avtomatlashtirilish orqali, shu GitHub sahifamizda .github repozitoriyaga uzatiladi. Bu orqali, biz va jamiyat o’rtasida shaffoflik ta’minlamoqchimiz.
Yaqin kelajakda, har xil texnologiya borasida ko’plab qoida va bitiklar standartlash maqsad qilganmiz, hamda boshqa bizga o’xshagan entuziastlar (ishqibozlar) bilan birgalikda jamiyat yaxshi yo’nalish sari chorlashga intilmoqdamiz. Bizga ishonganlaringiz uchun minnatdormiz. Kelgusi maqolalarimizgacha ko'rishguncha.